Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!
Barchangizni mamlakatimizda keng nishonlanadigan ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish hamda mehr-oqibat ayyomi boʻlmish Navroʻz umumxalq bayrami bilan samimiy qutlaymiz.
Buyuk tariximiz zarvaraqlarida ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rki, ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Mana shunday fayzli kunlarda Navro‘z ayyomi Sizlarga olam-olam quvonch, baxt- saodat, xonadonlaringizga tinchlik, faravonlik, qut-baraka olib kelsin.
Navroʻzi olam muborak boʻlsin!
Samimiy hurmat bilan,
Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi