11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Yangiliklar

Ommaviy diktant aksiyasi o‘tkazildi

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Ommaviy diktant aksiyasi o‘tkazildi
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Ommaviy diktant aksiyasi o‘tkazildi
Okt 16, 2024 Posted by: tested Foto reportaj Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazildi.

Diktant jarayonlari soat 11:00 da respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida madhiyamizni kuylash bilan boshlandi.

Ushbu aksiyani o‘tkazish Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil II yarim yillik ish rejasida belgilab qo‘yilgan. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashabbusi bilan tilbilig.uz sayti yaratilgan.

Tilbilig.uz sayti aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy platforma hisoblanadi.

Platforma o‘zining savodxonligini sinamoqchi bo‘lgan jamiyatning har bir vakili uchun beminnat xizmat ko‘rsatadi. Siz istalgan paytda platformada ro‘yxatdan o‘tishingiz va diktant yozish orqali savodxonligingizni tekshirishingiz mumkin.

“Ommaviy diktant” aksiyasidan ko‘zlangan maqsad o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini bilishning burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishish, millat farzandlarining yozma savodxonlik darajasini, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek tilining tuzilishi bo‘yicha amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini tizimli oshirib borish hamda o‘zbek tiliga nisbatan milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!