DIQQAT, E’LON!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining hamkorligida o‘zbek tiliga nisbatan milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida 2024-yil 16-oktabr kuni soat 11:00 da oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkaziladi.
“Ommaviy diktant” aksiyasi – aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy-ta’limiy aksiya hisoblanadi.
Mazkur aksiyada imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish istagida bo‘lgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Diktant www.tilbilig.uz platformasi orqali oʻtkaziladi.
Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan xohlovchilar mazkur saytda oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari maqsadga muvofiq.
Til madaniyati va savodxonlikni o‘z ko‘rkingizga aylantiring! Aksiyada ishtirok eting! Shu kichik xizmatingiz tilimiz rivojida katta hissa bo‘lib qo‘shilishiga, ona tili millatni birlashtiruvchi eng katta kuch ekanligiga ishoning!
Murojaat uchun telefonlar: 933344491; 997282900