11783 so'm 139 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Yangiliklar

Ommaviy diktant marafoni

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Ommaviy diktant marafoni
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Ommaviy diktant marafoni
Iyun 25, 2025 Posted by: tested Foto reportaj Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosini ta’minlash; yurtimizda amalga oshiriliyotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etish hamda uning faol qo‘llanilishini rag‘batlantirish maqsadida Buxoro viloyati hokimining 2025-yil 24-maydagi 1/294-11-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq davlat xizmatchilari va ta’lim muassasalari rahbarlarining davlat tili bo‘yicha savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Ommaviy diktant marafoni” o‘tkazilishi belgilangan edi.

“Ommaviy diktant marafon»ining 1-bosqichi 20-iyunda bo‘lib o‘tdi. Buxoro viloyati hokimi yig‘ilishi bayonida tadbirda 10 ta oliy ta’lim muassasasi prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishi belgilangan bo‘lib, barcha oliy ta’lim muassasalariga Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 17-iyundagi 6/1479-11-sonli xatiga ilova tarzida ishtirokchilar ro‘yxati ham yuborildi. Tadbirda Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro davlat texnika universiteti, Buxoro innovatsiyalar universiteti, Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti, Turon zarmed universiteti, Buxoro xalqaro universiteti rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

Diktant natijalari tez kunda e’lon qilinib, g‘oliblar Alisher Navoiy nomli ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!