Bugun Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 3-soni bo‘lib o‘tdi.
Seminarda filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov «Mustaqillik davri yosh ijodkorlari» mavzusida, pedagogika fanlari doktori Klara Mavlonova «Ona tili ta’limidagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar» mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.


