✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kursilari tashkil etilgan edi.
🏢 «O‘zbekiston pochtasi» AJ ning 20 nafar xodimlari uchun navbatdagi kurs tashkil etildi. Unda respublikaning taniqli notiqlari, psixologlari, adabiyotchilari notiqlik madaniyati va nutq mahoratidan saboq berishadi.
☎️ Kurs haqida batafsil ma’lumot olish uchun +998933780161 raqami bilan bog‘laning.
