11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Yangiliklar

Qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi umumta’lim maktablari oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslari imtihonlari bo'lib o'tdi

DTRM UZ > Yangiliklar > Yangiliklar > Qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi umumta’lim maktablari oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslari imtihonlari bo’lib o’tdi
DTRM UZ > Yangiliklar > Yangiliklar > Qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi umumta’lim maktablari oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslari imtihonlari bo’lib o’tdi
Noy 29, 2024 Posted by: tested Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmonining 102-bandi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2024-yil 22-iyuldagi 77-sonli bayoni 7-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil II yarim yillik ish rejasi 10-bandida “Xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilarining masofaviy shaklda malakasini oshirish, ularga uslubiy yordam berish tizimini yo‘lga qo‘yish” vazifasi qoʻyilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi zimmasiga yuklatilgan edi. Hozirgi kunda malaka oshirishga oid barcha oʻquv-me’yoriy hujjatlar yaratilib, vazirlik tomonidan tasdiqlangan.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida Qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi umumta’lim maktablari oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.
Bugun malaka oshirgan o‘qituvchilar uchun imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Ular malaka oshirishda o‘rgangan ko‘nikmalari asosida tayyorlagan loyihalarini himoya qilmoqdalar.
Attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra yetarli ball jamg‘argan ustozlarga malaka oshirish sertifikatlari beriladi.
Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!