Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminovlar Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog‘iston hududiy bo’linmasi tinglovchilari bilan uchrashdilar. 1-dekabr – qoraqalpoq tili bayrami kuni arafasida ushbu bayram bilan barcha qoraqalpoq xalqini tabrikladilar. Shuningdek, mutasaddilar darslar sifati, ustozlarning kasbiy mahorati, o’quv kursi bo’yicha tinglovchilar taassurotlarini ham tinglab o‘tdilar.
Kurs yakuni bo’yicha faol tinglovchilar rag’batlantirilib «Davlat tilida ish yuritish» kitoblari taqdim etildi.






