Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamkorligida Qoraqalpogʻistonda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil qilingan “Ommaviy diktant” tanlovi gʻolib va sovrindorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzbek va qoraqalpoq tili rivojiga munosib hissa qoʻshgan vazirlik, idora, tashkilot xodimlari taqdirlandi.
Hakamlar hay’atiga ko‘ra:
1-o‘rin – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Utepova Dildora Bayrambay qızı;
2-o‘rin – Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Utemuratova Gúlmira Azat qızı
3-o‘rin – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Nukus konchilik instituti talabasi Nawrizbaeva Sayoralar yuqori o‘rinlarni egallashdi.
Shuningdek, Ommaviy diktantda ishtirok OTMlarning har biridan eng yaxshi yozilgan diktantlar egalariga Markazning rag‘batlantiruvchi sovg‘a va tashakkurnomalari berildi.




