11765 so'm 139 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Yangiliklar

Qoraqalpog‘istondagi OTMlar orasida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi.

DTRM UZ > Yangiliklar > Yangiliklar > Qoraqalpog‘istondagi OTMlar orasida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi.
DTRM UZ > Yangiliklar > Yangiliklar > Qoraqalpog‘istondagi OTMlar orasida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Noy 26, 2024 Posted by: tested Yangiliklar

1-dekabr Qoraqalpoq tili bayrami munosabati bilan 2024-yil 26-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpog‘istondagi OTMlar orasida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir zbek tilini rivojlantirish jamarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi. Tadbir soat 10.00da Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining madhiyalari ijrosi bilan boshlandi. Zoom videoaloqa dasturi orqali soʻzga chiqqan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov va Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori A.Eminov talabalarni til bayrami bilan tabriklab, ularga omad tilashdi. Diktant tashkil etilayotgan joydan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining maslahatchisi-departament mudiri P.Dabilov soʻzga chiqib Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati nomidan tabrik nutqi soʻzladi va ommaviy diktant tadbirini ochib berdi.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boʻlinmasi rahbari F.Bobojonov talabalarni ommaviy diktant oʻtkazish tartibi, baholash mezonlari, oʻrinlarni belgilash tartiblari bilan tanishtirib oʻtdi. Soat 10.30da audioyozuv orqali diktant boshlandi.

Diktant yozishga Qoraqalpog‘istondagi 12ta OTM va OTM filiallaridan jami 200 nafar talaba ishtirok etishi rejalashtirilgan boʻlib, ulardan 192 nafari tadbirga ishtirok etishdi. Bular quyidagilar:

– Qoraqalpoq davlat universiteti (19 nafar talaba);

– Nukus davlat pedagogika instituti (25 nafar talaba);

– Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institute (20 nafar talaba);

– Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti (18 nafar talaba);

– Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali (15 nafar talaba);

– O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali (16 nafar talaba);

– O‘zbekiston  davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali (15 nafar talaba);

– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali (15 nafar talaba);

– Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Nukus konchilik instituti (13 nafar talaba);

– O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali (11 nafar talaba);

– Nukus innovatsion instituti (16 nafar talaba);

-Toshkent gumanitar fanlar universiteti  (9 nafar talaba);

Ommaviy diktant tadbirida ishtirok etgan talabalar orasidan eng yuqori ball toʻplagan uch nafar talabaga sovrinli oʻrinlar belgilanishi, shuningdek, har bir OTM yoki OTM filiallaridan faol ishtirok etgan talabalar ham ragʻbatlantirilishi koʻzda tutilgan. 30-noyabr sanasida Qoraqalpoq davlat universiteti madaniyat saroyida boʻlib oʻtadigan yangi kitoblar taqdimoti tadbirida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari tomonidan sovrindorlarga sovgʻalarni topshirish rejalashtirilgan.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!