11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Elonlar
Yangiliklar

SERTIFIKAT OLISH TARTIBI SODDALASHTIRILDI

DTRM UZ > Yangiliklar > Elonlar > SERTIFIKAT OLISH TARTIBI SODDALASHTIRILDI
DTRM UZ > Yangiliklar > Elonlar > SERTIFIKAT OLISH TARTIBI SODDALASHTIRILDI
May 4, 2024 Posted by: tested Elonlar Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-son Farmoni ijrosi yuzasidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat tashkilotlari xodimlari uchun tashkil qilingan “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikat berish tizimi soddalashtirildi.

Endi siz malaka oshirish sertifikatini uyingizda yoki ishxonangizda turib, elektron shaklda olishingiz mumkin. Buning uchun cert.dtrm.uz saytiga tashrif buyurishingiz va fuqarolik pasportingizdagi JSHSHIR (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami)ni kiritsangiz kifoya.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!