2024-yil 7-fevral kuni Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasida «O’zbek tilining izohli lug’ati» va «O’zbek tilining katta imlo lug’ati» kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbir Sirdaryo viloyat hokimligi, Viloyat jurnalistlar uyushmasi, Guliston davlat universiteti hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.