11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Yangiliklar

“Til — har qaysi davlatni rivojlantiruvchi, xalqni birlashtiruvchi bosh omil” mavzusida tadbir tashkil etildi

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > “Til — har qaysi davlatni rivojlantiruvchi, xalqni birlashtiruvchi bosh omil” mavzusida tadbir tashkil etildi
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > “Til — har qaysi davlatni rivojlantiruvchi, xalqni birlashtiruvchi bosh omil” mavzusida tadbir tashkil etildi
Okt 18, 2025 Posted by: tested Foto reportaj Yangiliklar

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida, O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “Til — har qaysi davlatni rivojlantiruvchi, xalqni birlashtiruvchi bosh omil” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institut prorektori Sherzod Radjabov hamda mehmon ishtirokchilar, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari — Zohida Muqimova  hamda Muxlisaxon Saydaliyevalar nutq so‘zlab, o‘zbek tilining nufuzi, xalqaro miqyosidagi mavqei va davlat tilining maʼnaviy qadri haqida so‘z yuritdilar.

O‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash, jamiyatni birlashtirish va davlatni mustahkamlashdagi beqiyos o‘rni alohida taʼkidlandi.

Respublika Musiqa va Sanʼat texnikumi zamonaviy ijrochilik ansamblining ijrolari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!