O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6084-son hamda 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Amaliy tadbirlar dasturi”ning 102-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida xorijiy mamalakatlarning oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun “Oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish” kursi bo‘yicha masofaviy dars mashg‘ulotlarining tashkil etilgan.
Navbatdagi o‘quv kursida Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Pokiston, Qozog‘iston respublikasi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar masofaviy tarzda ishtirok etib kelmoqdalar. Ular Markazning professor o‘qituvchilari yordamida o‘z malakalarini oshirmoqdalar. Ushbu kurslar xorijda o‘zbek tilini samarali o‘qitishga amaliy ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi. Markazda o‘quv mashg‘ulotlarining yuqori saviyada tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.